понедельник, 20 января 2014 г.

YULDUZLARGA MEN HAM QARAYMAN
Yulduzlarga men ham qarayman,
Yulduzlar - samoviy bir xayol.
Men ko'proq zaminga yarayman,
Menga kerak yerdagi hayot.
Yulduzlarga men ham qarayman,
Yulduzlar - chaqnagan orzular.
Huv miskin kezadir bir odam -
Ko'ksida yonmagan yulduzlar.
Yulduzlarga men ham qarayman,
Ba'zida keladir havasim.
Ba'zida bosadir og'ir g'am,
Ba'zida yetmaydir nafasim

MEN OLAMDAN O'TGANDA
Ishq-vafodan so'zlaganlarim
Yetur senga ohu-fig'onim.
Yodga tushar bo'zlaganlarim
Men olamdan o'tganda, jonim.
Qaltirarsan ajib sezgidan,
Har bir so'zim - oshkor jahonim.
Judo bo'lding buyuk sevgidan-
Men olamdan o'tganda, jonim.
Sen qoshimdan keta olmassan,
Ko'zlaringda turarman yonib.
Sevgimni rad eta olmassan
Men olamdan o'tganda, jonim.

DARPARDANI OCHAQOL, JONIM
Yorug'likni o'g'irlab sekin
Tevarakni qurshadi tuman.
Ermak qilib tun cho'kdi, lekin
Eshik ochib chiqmadingku san?
Deydilarki, sening ko'zlaring
Afsungarmish, sehr etarmish,
Kimki ko'rsa bir bora seni
Oyoq yetganicha ketarmish.
Sovuqni ko'r, yuzni chimchilar,
Masxaraman unga bu zamon.
O'ylarimga kelib sanchilar,
Oy emas ul - u qotil kamon.
Bunda har ne ermaklar meni
Qorong'idir axir jahonim.
Hech bo'lmasa ochgil darchani,
Darpardani ochaqol, jonim.

пятница, 17 января 2014 г.

Ko'zlarimga sig'magan chiroy
Кетма дема

Энди сўнгги тўхтамга келдим,
Энди сендан кетаётирман.
Қайдан куйиб шунчалар севдим,
Ўз бошимга етаётирман.

Не ҳам дейин кетар маҳали,
Кечир мени севганим учун.
Йўл тополмай бадар кетгали,
Шафқат сўраб келганим учун.

Кетма десанг, тамом бўламан,
Кетма десанг, уйим куяди.
Кетма десанг, ўзим ўлмасдан,
Аза бўлиб, тўйим куяди.

Кечир мени, нега севилдим,
Нега бунча ошиқ бўлдим мен.
Сенинг учун қайта тирилдим,
Ўзим учун нега ўлдим мен?

Кетма дема, дунё тескари,
Айланмасин ишқ уммонида.
Тугамайлик бош билан юриб,
Оёғимиз бўлиб осмонда.

Муаллиф: Махфуза Рахмонкулова

#Zari
So’zlasam tugamas sog'inchning dardi,
Ayrilsa bilinar insonning qadri,
Ko'rishmoqqa chora izlayman hamon,
Sizni ko’rgim kelar har nafas har on!

#Zari

Muhabbat qirralari

Chop etish uchunE-mailga yuborish
Sevgi erkinlik yo‘lida qurbon bo‘lishga ham tayyor.
F. SHILLER

Muhabbatdangina muhabbat tug‘iladi.

V. G. BELINSKIY

Oshiqning o‘zi uzsin mo‘habbatning gulini,
Axir bu noyob tuyg‘u boshdan-oxir, batamom,
Faqat uning o‘ziga mangu etilgan in’om.

F. SHILLER

Bir boqishda tug‘ilgan muhabbatning davosini topish ayniqsa qiyin.
J. LABRUYER

Oshiq va ma’shuqlar bir-birlari bilan uchrashganlarida mutlaqo zerikmasliklarining boisi shundaki, ular to‘xtovsiz ravishda o‘zlari haqida gapiradilar.
F. LAROSHFUKO

Olamda sevgilingning siymosidan zeboroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo‘q.
J. LABRUYER

Hamma ovozlar ichida eng yoqimlisi — bu biz sevgan ayolning ovozidir.
J. LABRUYER

Oshiqlar visoliga hamisha vaqt yetmaydi.
I. GYOTE

Hayotga muhabbat uyg‘otmoq uchun ozgina umidning o‘zi kifoya. Ikki-uch kundan so‘ng esa umid yo‘qolishi mumkinu, ammo o‘rtada muhabbat tug‘ilib qoladi.
STENDAL

Boshqa bir odam qalbidagi muhabbatni mahv etishdan ham og‘ir va kechirilmas gunoh yo‘q.
G. IBSEN

Dunyoda dahshatli yovuzliklar ko‘p, ammo hammasidan ham dahshatlirog‘i — muhabbatni bo‘g‘ish.
B. PRUS

Muhabbat o‘limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo‘rt hamdir.
G. MOPASSAN

Ko‘ngil savdosida ham yil fasllariga o‘xshab birinchi ayozlar nihoyatda sezilarli bo‘ladi.
P. BUAST

Muhabbat jarohatlari hammavaqt ham o‘ldirmagani bilan baribir hech qachon bitib ham ketmaydi.
J. BAYRON

Agar sevgini o‘lchab bo‘lsa, u qashshoq sevgidir.
V. SHEKSPIR

O’z muhabbati haqida shovqin-suron ko‘tarishni yaxshi ko‘radigan odamgina seva oladi, deyish xato; aqlli odamning his-tuyg‘ulari so‘zida ham, ishida ham aks etib turadi, yana ba’zilarida bu faqat amalda bo‘ladiki, ehtimol, shu indamasligi uchun ham ularnin tuyg‘usi kuchlidir.
N. G. CHERNISHEVSKIY

O’z muhabbatingni chuchmal maqtovlardan ko‘ra, foydali ish bilan izhor etganing ma’qul.
 D. I. PISAREV

Chin muhabbatning tili lol, sababi, haqiqiy his-tuyg‘ular so‘zdan ko‘ra amalda ko‘proq zohir bo‘ladi.
V. SHEKSPIR

Ma’shuqa turgan joyda har qanday so‘zamol og‘izlar ham gung-soqov bo‘lib qoladi, aytishni shu qadar xohlaganidan ayni tilning uchida turgan gaplar ayniqsa esdan chiqadi.
 M. SERVANTES


















Men shunday oshiqman yagona, tanxo,
Dunyoning sevgisi bir ko'nglimda jo.
Yaralgandan buyon nelarni ko'rib,
Men kabi oshiqni ko'rmagan dunyo.

Bunchalik sevgidan Xudo hayratda,
O'lchashga tarozi aylasa tortiq.
Sevgimni o'lchashga yetmaydi kuchi,
Ko'nglimdagi sevgim undanda ortiq.
                                         Najmiddin Ermatov

OG'RIQ
Deylik,
qo'li kesib tashlangan odam
yo'q qo'l zirqirashin his qilar emish.

Sevgilim,
men seni sog'indim qattiq.

Azob chekmakdaman.
Og'riyabsanmi?

                                        Matnazar Abdulhakim


Taqillatma eshikni dilhun,
Bas qil endi bir nafas qo'yda.
Men uyimda bo'lmayda bugun,
Ertaga ham bo'lmasman uyda.

Sen shoirsan, sen zo'rsan ming bor,
Nechun yana ko'ngling to'lmaydi.
Meni tinch qo'y avlodlarga bor,
Avlodlar ham uyda bo'lmaydi.

                                       Aleksandr Feynberg

БИР КУНИ

Бир куни дарахтни тарк этар япроқ,
Яланғоч новдалар титрар асабий.
Висол оқибати ҳижрондир, бироқ,
Фақат биз биргамиз, жоним, абадий!

Бир куни ўзанин ташлайди дарё,
Саҳролар гул бўлар, водийлар — саҳро.
Елкамдан кетмайди хушбўйинг асло...
Фақат биз биргамиз, жоним, абадий!

Бир куни юлдузлар учар пойма-пой,
Сайёралар топар ўзга жойдан жой.
Бир куни Заминни ташлаб кетар Ой,
Фақат биз биргамиз, жоним, абадий!

Бир куни ўзидан тонар Кун аён,
Лаҳзада руҳ билан видолашар жон.
Фақат сен кетмайсан мендан ҳеч қачон!
Фақат биз биргамиз, жоним, абадий!

                                     Иқбол Мирзо